Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Ta’lim tizimi rivojlanishi – davlat taraqqiyotining omili

Joriy yilda mamlakatimizda asosiy e’tibor maktabgacha va maktab ta’limiga qaratilgan bo‘lib, bu ta’lim sifatining yanada takomillashuviga olib keladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bu haqda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida alohida qayd etildi.

Soha uchun imtiyoz va imkoniyatlar kengaytirilmoqda. Ma’lumki, tumanda 54 ta ta’lim muassasalari bo‘lib, jumladan, 53 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan 2023-yilda ta’lim muassasalarini bitirgan jami 3635 nafar 9-sinf bitiruvchilaridan 24 nafari akademik litseylarda, 51 nafari kasb-hunar maktablarda, qolgan 3560 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan. Ulardan 11-sinfni bitirgan 2029 nafar o‘quvchilarning 1124 nafari (58,6 foizi) oliy ta’lim muassasalariga, 266 nafari (13,2 foizi) professional ta’limga o‘qishga qabul qilingan.
Shuningdek, 980 nafar o‘quvchilarning bandligi ta’minlandi. Jami 2029 nafar bitiruvchilarning 751 nafari (37,0 foiz) xorijiy, nodavlat, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. (373 nafar o‘quvchilar test sinovlari asosida). Hozirda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 7-11 sinflardagi ayrim fanlarni qisqartirib, ularning o‘rniga kasblarni o‘rgatish hisob-kitoblari qilinmoqda.
Joriy yilda 11 ta (12, 39, 22, 3, 41, 4, 47, 2, 9, 21, 24) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashabbusli byudjet orqali qiymati 11,2 mlrd so‘m bo‘lgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib maktablarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi.
Ayniqsa, tumandagi 53 ta maktablarda 780 ta qiymati 1,2 mlrd bo‘lgan ovozli videokameralar o‘rnatilib, ta’lim jarayonini onlayn boshqarish hamda onlayn ochiq darslar o‘tkazish, o‘quvchilar davomati va darslarni onlayn tahlil qilish yo‘lga qo‘yildi.
Tumanda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari faoliyatini jonlashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish maqsadida choraklik reyting tizimini joriy etildi. Samarqand davlat chet tillari instituti bilan hamkorlikda maktablarda ikkinchi xorijiy tillar xitoy, koreys, yapon, fransuz, nemis tillarni o‘qitish bo‘yicha klaster tizimi tadbiq etildi.


Aziza SAMADOVA.


Дата добавления: 05/04/2024 15:18;   Просмотров: 44
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку