Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Savol: Qanday holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo'ladi?

Savol: Qanday holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo'ladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'­risdagi nizomning 126-bandiga muvofiq, quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi:

a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlar yig'ma jildida mavjud bo'lmagan va pensiya miqdoriga ta'sir ko'rsatadigan qo'shimcha hujjatlar taqdim etilishi;

b) nogironlik guruhining o'zgarishi;

v) boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini oluvchi oila a'zolari sonining o'zgarishi;

g) pensiyaga ustama haq olish huquqining paydo bo'lishi;

d) qonunchilikka muvofiq pensiyani hisoblash tartibi o'zgarganda, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori va pensiya ishini tekshirish natijasida pensiya miqdorining oshishi yoki kamayishi;

e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.

Savollarga pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi katta inspektori D.Qulizoda javob berdi.


Дата добавления: 30/11/2022 12:39;   Просмотров: 11454
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку