Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Ohalikda katta xalq sayli

So‘lim va xushhavo tog‘ bag‘rida joylashgan O‘rta Ohalik mahallasida katta xalq sayli o‘tkazildi.

Yuzlarida tabassum, qalblarida shukronalik hisi jo‘sh urgan butun mahalla ahli eng ulug‘ ayyom Ramazon hayitini nishonlash uchun tog‘ yonbag‘ridagi "Kamalak" bolalar oromgohida jam bo‘ldi.

Xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni o‘zida ifoda etgan bu tadbirda tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari, nuroniylar ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.

Bahoriy navro‘z taomlari namoyishi, kelinsalomlar, xalq o‘yinlari, mahalliy san’atkorning badiiy chiqishlari barchaga ko‘taringki ruh va xushkayfiyat baxsh etdi.
Bir so‘z bilan aytganda xalqimiz bunday qadimiy udumlarimizni dildan sog‘ingani ushbu tadbirda yaqqol namoyon bo‘ldi.


Дата добавления: 13/04/2024 10:50;   Просмотров: 31
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку